Qashqadaryo viloyat xokimligi kompyuterlashtirish
Markazi - Qashqadaryo viloyati hokimining 2008 yil
10 sentyabrdagi x-213/9 qaroriga asosan viloyat xokimligi
xuzurida xo'jalik xisobidagi davlat tashkiloti sifatida
tashkil topgan(Guvohnoma).
Markaz Qarshi shahri Mustaqillik maydoni 2- uyda joylashgan bo'lib, yuridik maqomga ega. Markaz o'zining nizomiga ko'ra ish faoliyat yurg'izib, viloyatda axborot texnologiyalariga asoslangan zamonaviy ish yuritish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, dasturiy maxsulotlarni yaratish xamda yangi axborot texnologiyalari joriy etish bilan shug'ullanib kelmoqda.

Markazning asosiy vazifalari
Viloyat hokimligi kompyuterlashtirish
Markazi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Viloyatda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;
- Viloyat hokimligida hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlari lokal va korporativ tarmoqlarini tashkil qilish, ularni kengaytirish va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;
- Ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o'tishni ta'minlaydigan kompyuter dasturlari yaratish va viloyat hokimligi hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlari tizimlarida joriy etish;
- Viloyat hokimligining markazlashgan elektron ma'lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta'minlash;
- Axborot xizmatini tashkil etish, viloyat hokimi tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
- Joylarda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish buyicha viloyat, shahar va tuman hokimliklariga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritish;
- Viloyat hokimligi faoliyati soxasidagi normativ-huquqiy xujjatlarning milliy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishini ta'minlash;
- Viloyat hokimligi rasmiy veb- sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta'minlash;
- Viloyatda rasmiy veb-sahifalar yaratish, ularni doimiy yangilab borilishini nazorat kilish;
- Viloyat xokimligi tizimidagi tashkilotlarda kompyuterlashtirishga oid texnikani, dasturiy maxsulotlarini sotib olishda sifatsiz texnikaning kirib kelishini hamda byudjet mablag'larini talon-taroj qilinishining oldini olish maqsadida, bu ishlarni amalga oshirish uchun markaz tomonidan tavsiyalar berish, bunday xolatlar aniqlanganda viloyat hokimi va tegishli organlarga axborot kiritish;
- Viloyatdagi dolzarb muammolarni kompyuter texnikasining imkoniyatlarini ishga solish yo'li bilan bartaraf etishda faol ishtirok etish;
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ulardan samarali foydalanishda faol ishtirok etish;
- Viloyat hokimlik tizimida O'zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to'g'risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to'g'risida”gi, “Axborotlashtirish to'g'risida”gi va “Elektron tijorat to'g'risida”gi Qonunlari ijro etilishini ta'minlash;
- Viloyat hokimlik tizimining ichki va tashqi aloqalarini mustahkamlash hamda kengaytirishga xizmat qilish;
-Respublika kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va o'tkaziladigan tadbirlarda viloyat mavqe'ini munosib himoya qilish hamda viloyat manfaatlari uchun kurashish;
- Viloyat hokimining tegishli topshiriklari ijrosini ta'minlash.